Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt puli to‘lab beriladi
15 oktyabrgacha OTM rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.
Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi.
Buning uchun magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15 sentabrgacha o‘zi o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib, OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.
15 oktyabrgacha OTM rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy. Bunda filologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun sertifikat darajasi kamida C1, boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun esa B2 bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
20:42 / 21.12.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi
07:28 / 07.09.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi
23:29 / 28.08.2024
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi
14:50 / 06.08.2024