Oliy ta’lim vazirligi 2024/2025 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul böyiça topşirilgan arizalar körib çiqilganini ma’lum qildi. Unga köra, köp murojaatlar turli (tanlangan mutaxassislik bitiruvçining ta’lim yönalişi böyiça mos yoki turdoş emasligi, söralgan hujjat örniga boşqa hujjat yuklangan yoki töliq yuklanmagan, yuklangan hujjatlar sifatsizligi va boşqa) sabablarga köra rad etilgan.
Vazirlik yuqoridagi sabablarni hisobga olib, 1–30 iyul kunlari magistr.edu.uz tizimiga ariza yuborgan, lekin rad etilgan talabgorlarga qöşimça muddat berdi. Ular 6–8 avgust kunlari arizalarini qayta tahrirlaşi mumkin.
“Belgilangan muddatdan keyin tahrirlaşga yöl qöyilmaydi va kamçiligi bartaraf etilmagan arizalar körib çiqilmaydi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Şuningdek, OTFIV xorijiy tilni biliş darajasi böyiça tegişli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bölmagani sabab rad etilgan arizalarni tahrirlaş tavsiya etilmasligi va bunday qayta tahrirlangan arizalar körib çiqilmasligini qöşimça qilgan.








