Turoperatorlar va turagentlar O‘zbekistonga olib kelingan har bir turist uchun 15 dollar oladi
O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hujjat bilan Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Turoperatorlar va turagentlarga olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan har bir turist uchun subsidiyalar ajratish tartibi belgilandi.
Qayd etilishicha, subsidiya kirish turizmi boshlangan kundan e'tiboran kirib keluvchi xorijiy turistlarning umumiy soni 500 ming nafarga yetgunga qadar ajratiladi.
Turizm qo‘mitasi kirish turizmi boshlangan kundan e'tiboran kirib keluvchi xorijiy turistlarning hisobini yuritadi va o‘zining rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi.
Subsidiya turoperatorlar va turagentlarga - O‘zbekiston rezidentlariga O‘zbekistonga olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turist uchun, kamida besh sutka davomida respublikadagi joylashtirish vositalarida bo‘lish sharti bilan 15 AQSh dollari miqdorida ajratiladi.
Subsidiya milliy valutada to‘lov kunidagi O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha ajratiladi.
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son farmoniga asosan xarajatlari qoplanadigan charter reyslar orqali olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan turlar tashkilotchisi bo‘lgan turoperatorlarga subsidiya ajratilmaydi.
Subsidiyalar olish uchun turoperator yoki turagent Turizm qo‘mitasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Mavzuga oid
11:15 / 28.12.2024
Konlardagi portlatishni kuzatish, pulli asosda o‘q otish va davlat tashkilotlari binolariga tashrif – O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishlari tayyorlanmoqda
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
22:53 / 16.12.2024