Turizmning yangi turlarini joriy qilişga doir hukumat qaroriga köra, 2025 yil 1 yanvardan Özbekistonda turizmning yangi 5 ta yönalişi sanoat, geologiya, ilmiy, harbiy va davlat boşqaruvi turizmi yölga qöyilişi kerak.

Xususan, mahalliy va xorijiy sayyohlarga Adliya vazirligi hukumat bino va inşootlariga taşrifni öz içiga olgan davlat-boşqaruv turizmi xizmatini, Mudofaa vazirligi öq otiş böyiça pulli xizmatlarni Geologiya vazirligi konlar va toğ jinslarini portlatiş tadbirlariga taşrifni yölga qöyişi lozim.

Uşbu vazifalar uçun mas’ul etib Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi va turizm qömitasi, Adliya vazirligi, Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Mudofaa vazirligi va boşqalar belgilangan. Uşbu idoralar ikki oy muddatda uşbu tegişli idoraviy hujjatni qabul qilişi kerak edi.

Kun.uz hukumat qarorining bajarilişi yuzasidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş maqsadida vazirlik va idoralarga sörov yubordi.

Turizm qömitasining ma’lum qilişiça, 25 noyabr kuni taşrif obektlari, ularga kirib çiqiş, taşrifni taşkil etiş hamda taşrif buyuruvçilarga qöyiladigan umumiy talablarni nazarda tutuvçi tartib işlab çiqilib, tegişli vazirliklarga mazkur tartib işda foydalaniş va içki tartib sifatida tasdiqlaş uçun tavsiya qilingan.

Şuningdek, Turizm qömitasi buyruğiga asosan, turizm qömitasining ma’muriy binosi, «Ipak yöli» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi, Turizmni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti taşrif buyuruvçilarni qabul qiluvçi davlat boşqaruvi hamda ilmiy turizm yönalişidagi obektlar sifatida belgilandi.

Turizm qömitasiga köra, boşqa vazirlik va idoralarda qaror ijrosi yuzasidan quyidagi işlar amalga oşirilmoqda:

  • Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Olmaliq KMK» AJ, «Kitob milliy tabiat boği» obektlari turistlarni qabul qiluvçi obekt sifatida belgilandi;
  • Fanlar akademiyasi tomonidan «Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti», «Xorazm Ma’mun akademiyasi», «Özbekiston tarixi davlat muzeyi», «Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti «Arxeologiya muzeyi», «Toşkent Botanika boği», Parkentdagi «Katta Quyoş Qurilmasi» obekti ilmiy turizm obekti sifatida belgilandi;
  • Mudofaa vazirligi huzuridagi «Ğalaba boği» yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi «Şon-Şaraf» davlat muzeyi hamda Qurolli kuçlar davlat muzeyida sayyohlar uçun şart-şaroitlar yaratildi;
  • Adliya vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Boşqaruv hamda sanoat turizm yönalişlari böyiça 50 ga yaqin obektlar röyxati şakllantirildi hamda ularga kirib çiqiş tartibi belgiladi. Uşbu taşrif obektlariga 2025 yildan boşlab sayyohlarni qabul qiliş va ekskursiya taşkil qiliş mumkin böladi. Bunda taşrif buyuruvçilar murojaati asosida hafta iş kunlari oraliğida murojaat qilişlari hamda ularga taşrif imkoniyatidan kelib çiqib qöşimça qulayliklar (Wi-Fi, avtoturargoh, sanitar-gigiyenik şoxobça, pandus va boşqalar), turizm yönalişida materiallar taqdim qiliş bepul amalga oşiriladi.

Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Qaşqadaryodagi «Kitob geologiya milliy tabiat boği»ga kiriş va çiqiş tartibi belgilandi. Turizm yönalişlari, yotoqxona, oşxona xizmatlari, yölboşçi yordami va boşqa pulli va bepul xizmatlar joriy etilişi rejalaştirilgan. 7 yoşgaça bölgan bolalar, yoşi uluğlar, nogironligi bölgan şaxslar va boşqa imtiyozli toifalar uçun bepul xizmatlar nazarda tutilgan.

Şuningdek, Navoiy viloyatidagi «Muruntau» koni, Toşkent viloyatidagi «Qalmoqir» koni böyiça xavfsizlik va sanitariya-gigiyena qoidalari, taşrif tartibi va xizmat körsatiş tizimi belgilab berildi.

Mudofaa vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, harbiy turizmni rivojlantiriş uçun vazirlikning Oliy sport natijalarini rivojlantiriş markazi Qibray sport majmuasi bazasida «Stendli otiş» va öqotar qurollardan otişni pulli asosida yölga qöyiş uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. «Belgilangan vaqtda uşbu majmua öz faoliyatini boşlaşi közda tutilmoqda».

Adliya vazirligi hukumat qarorida belgilangan öz vazifalarining amalga oşirilişi yuzasidan Kun.uz söroviga 10 kundan ortiq muddatda ham javob bermadi.