08:12 / 06.09.2018
16507

O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab” Davlat dasturi tasdiqlanadi

Foto: «SIRIUS» NTM

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Xalq ta'limi vazirligi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 fevralga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli, mintaqaviy va maqsadli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasini” o‘z ichiga olgan Xalq ta'limi tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

b) Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda yetakchi loyiha institutlarini jalb qilgan holda, umumta'lim muassasalarini qurishning xalqaro tajribasini o‘rgansin va 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini kiritadi:

ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish;

maktablarni, shu jumladan, o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;

v) uch oy muddatda o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumta'lim muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqadi.

Mavzuga oid
Top