Tadbirkorlik sohasida ayrim majburiy talablar bekor qilinmoqda
O‘zbekiston prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, farmonda quyidagilar belgilangan:
a) 8 turdagi hujjat to‘liq bekor qilinmoqda. Masalan, bojxona tashuvchilarini reyestrga kiritish, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida qaror;
b) 6 turdagi hujjat birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinmoqda. Xususan, eksport nazorati obektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma hamda maxsus tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya birlashtirilmoqda;
v) 3 ta litsenziya va ruxsatnoma xabarnoma tartibiga o‘tkazilmoqda. Bular turagentlik faoliyati, I toifadagi (yakka tartibdagi uy-joylar) obektlarning arxitektura shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va yuridik maslahatlar ko‘rsatish faoliyatlari.
Tadbirkorlarga 15,3 mingdan ziyod ushbu turdagi litsenziya va ruxsatnomalar berilgan bo‘lib, ularning bekor qilinishi natijasida tadbirkorlarning 28 mlrd so‘m xarajati tejaladi;
g) jarimalarni o‘z vaqtida to‘lashni rag‘batlantirish maqsadida tadbirkor litsenziyalash va ruxsat berish sohasida qonunbuzilish sodir etganlik uchun moliyaviy jarimaning 50 foizini 15 kun, 70 foizini 30 kun ichida to‘laganda, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etilmoqda.
d) litsenziya yoki ruxsatnomani berish jarayonida video aloqa yordamida talabgorlarni masofadan turib baholashga ruxsat etilmoqda.
Tadbirkorlik sohasida quyidagi majburiy talablar bekor qilinmoqda:
– chiqish turizmini amalga oshirishda 15 ming dollar miqdoridagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish.
Bunda, xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini joriy qilish orqali favqulodda holatlarning oqibatlari oldi olinadi. Natijada 1,6 ming nafar tadbirkor ixtiyorida 24,5 mln dollar qoladi.
– joylashtirish vositalarini sertifikatlashtirish uchun arizaga kadastr hujjatlarini talab qilish;
– tadbirkorlarning transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylarini yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilash;
– kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyati faqat sayyor shaklda amalga oshirilganda binolarning mavjud bo‘lishi.
2024 yil 1 martdan 2025 yil 1 martgacha eksperiment tariqasida 2 ta faoliyatni (rentgendan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostikasi) boshlash uchun 3 oygacha “o‘tish va moslashish davri”ni belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etilmoqda. Bunda:
litsenziya va ruxsatnoma olmasdan vakolatli organni xabardor qilgan holda 3 oy davomida faoliyat amalga oshirishga ruxsat etiladi;
tadbirkor 3 oy davomida o‘z faoliyatini tegishli talablarga muvofiqlashtirib, tegishli litsenziya yoki ruxsatnomani belgilangan tartibda oladi yoki mazkur faoliyatni amalga oshirishni to‘xtatadi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: NATO qurollanmoqda. Putin nima deydi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:05
-
Tehronda Isroil zarbalari qurboni bo‘lgan general va olimlarning dafn marosimi o‘tkazildi – fotolar
Jahon | 09:58
-
Rossiya dronlari Odessani, Ukraina Bryanskdagi arsenalni o‘qqa tutdi
Jahon | 08:10
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
Mavzuga oid

12:02 / 19.06.2025
Sotib yuborilayotgan bog‘, maktab va bog‘cha hududlari. Nima qilish kerak?

16:38 / 13.06.2025
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex

12:38 / 10.06.2025
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi

18:15 / 07.06.2025