Fan-texnika | 00:04 / 11.06.2018
9416
3 daqiqa o‘qiladi

Eng yaxshi haydovchisiz mashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytingi tuzildi

Yaqin 3 yil ichida ko‘plab kompaniyalar va startaplar shaharda qat'iy yo‘nalish bo‘yicha mustaqil ravishda harakatlana oluvchi haydovchisiz mashinalarni taqdim qilishni rejalashtirmoqda. 

Bloomberg nashri eng yaxshi haydovchisiz mashinalar ishlab chiqaruvchilari haqida maqola chop etdi. Unga ko‘ra, jahonda ilk haydovchisiz mashinalar xizmatini yo‘lga qo‘yish borasida Alphabet kompaniyasiga qarashli Waymo shak-shubhasiz yetakchi hisoblanadi. 

Foto: Bloomberg

Waymo asosiy raqobatchilardan naq bir yil avval haydovchisiz mashinalarini taqdim qiladi. Kompaniya 2018 yil oxirigacha haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirmoqchi. Hozircha esa yo‘lovchilar sinovlar davomida ushbu haydovchisiz mashinalarda bepul yurishlari mumkin. 

2-o‘rinni General Motors egalladi. Ushbu kompaniyada haydovchisiz mashinalar yaratish uchun o‘zining 1,1 mlrd dollariga qo‘shimcha Yaponiyaning SoftBank’ining 2,25 mlrd dollari bor. GM 2019 yilda rul va pedalsiz bo‘lgan Chevrolet Bolt mashinasi negizida karshering xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Foto: Bloomberg

Qolgan kompaniyalar esa bozorga 2020 yildan oldin chiqishni mo‘ljallashmayapti. 

Eng yaxshi haydovchisiz mashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytingida 3-o‘rinni Mercedes-Benz egallamoqda. Unga egalik qiluvchi Daimler konserni Bosch va NVIDIA kompaniyalari bilan birga 4- va 5-avtonomlik darajasiga ega tajribaviy haydovchisiz mashinalar tayyorlamoqda. Mercedes’ning ilk haydovchisiz taksilari yo‘llarda 2021 yilda paydo bo‘ladi.

Foto: Bloomberg

4-o‘rinni Aptiv Plc egallamoqda. Kompaniya avtomatlashtirish texnologiyasiga ancha sarmoya kiritdi, dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi Ottomatika va lidarlar ishlab chiqaruvchi Innoviz, Leddertech va Quanergy Systems kompaniyalarning ulushini sotib oldi. Aptiv yanvarda CES 2018 ko‘rgazmasida Lyft bilan birga haydovchisiz taksini namoyish qildi. Kompaniya bunda Audi va BMW mashinalaridan foydalanadi.

Foto: Bloomberg

5-o‘ringa Zoox startapi qo‘yilgan. U haydovchisiz mashinasini yaratishda Toyota Highlander’dan foydalanadi va GM sinov o‘tkazgan yo‘llarda sinovlar o‘tkazgan. Agar startap qo‘shimcha sarmoyalar jalb qila olsa, u o‘zining haydovchisiz mashinasini 2020 yilda yo‘llarga chiqarishiga umid qilmoqda. 

Reytingning keyingi o‘rinlarini Renault-Nissan, Volkswagen va Audi, BMW, Fiat Chrysler, Toyota, Ford va Volvo, Uber, Tesla va Baidu egallagan.

Mavzuga oid