Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Waymo avtonom mashinalarda yuklarni yetkazish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda
Robomobillar ishlab chiqaruvchi Waymo kompaniyasi haydovchisiz boshqariluvchi mashinalarda yuklarni yetkazish xizmati Via yo‘lga qo‘yilayotganini e'lon qildi.

Foto: Waymo
Alphabet korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Waymo 2,25 mlrd dollarlik sarmoya jalb qilgandan keyin Waymo Via xizmati yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qilgan.
“Biz Arizona, Nyu-Meksiko va Texasni birlashtiruvchi I-10 transport yo‘lagi bo‘ylab o‘zimizning 8-sinfdagi yuk mashinalarimiz uchun yo‘nalishlar ochmoqdamiz”, deb aytgan Waymo rahbari Jon Krafchik.
Gap Waymo Kaliforniya, Arizona va Jorjiya shtatlarida sinovdan o‘kazgan avtonom yuk mashinalari haqida bormoqda.
Waymo tashkil etilgandan beri uning yuk mashinalari haydovchisiz rejimda haqiqiy avtomobil yo‘llari bo‘ylab 32 mln kilometr va virtual yo‘llar bo‘ylab 16 mlrd kilometr masofani bosib o‘tgan. Ayni vaqtda kompaniyada Chrysler Pacifica minivenlari floti mavjud bo‘lib, ularda yo‘lovchilarni haydovchisiz tashishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid

14:42 / 03.06.2025
Jizzaxda odamlarni kutilmagan usulda chuv tushirgan “metallolom”chi Kun.uz surishtiruvidan so‘ng qo‘lga olindi

17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida

17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda

19:56 / 03.04.2025