Tribunada to‘qnashuv, Ronalduning superrekordi va turklarning supergollari. Yevroda beshinchi kun
Portugaliya qo‘shimcha daqiqalarda murabbiyning o‘g‘li urgan gol evaziga irodali g‘alabaga erishdi.
18 iyun kuni F guruhidagi ikki uchrashuv bilan Yevro-2024 guruh bosqichida birinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Turkiya va Gurjiston turnirning eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazishdi, 39 yoshdagi Krishtianu Ronaldu hali yaxshi sport formasida ekanini namoyish etdi.
Turkiya va Gurjiston o‘yini qoldirilishi ham mumkin edi
Gurjiston milliy jamoasining turnirdagi ilk ishtiroki ko‘pchilikning diqqat markazida edi. Ammo o‘yindan oldin qiziqarlilikda o‘yinning o‘zidan kam bo‘lmagan voqealar ro‘y berdi.
Asosiy muammo ob-havoda edi. Dortmundda kunduzi ham havo normal holatda edi, ammo kechga kelib kuchli jala quydi. O‘yin boshlanishiga yaqin qolganida maydon futbol uchun emas, ko‘proq suv polosiga tayyor holatda edi.
Stadion tomidan ham katta suv oqimi o‘tib, maydon atrofida ko‘lmaklar yuzaga keldi.
The current state of Signal Iduna Park doesn’t look good…#EURO2024 pic.twitter.com/SegBmp9hyn
— Euro 24 Hub (@Euro24Hub) June 18, 2024
Xodimlar bor kuchni ishga solib, yig‘ilib qolgan suvni chiqarib tashlashga harakat qilishdi, ammo yomg‘ir tinay demasdi.
Bunday sharoitda futbol haqida o‘ylashi qiyin bo‘lgan muxlislar esa vaqtichog‘lik qilishga qaror qilishdi va tribunada ikki jamoa muxlislari o‘rtasida mushtlashuv boshlanib ketdi.
Turkey and Georgia fans are fighting with each other in the stadium… 🇹🇷🇬🇪#EURO2024 pic.twitter.com/nEG47JPBy2
— Euro 24 Hub (@Euro24Hub) June 18, 2024
Mojaro joyiga styuardlar otryadi yetib kelib, ularni ajratishga kirishdi.
Turkish and Georgian fans fighting… 👊#EURO2024 pic.twitter.com/g9q3aEbb3z
— Euro 24 Hub (@Euro24Hub) June 18, 2024
Ko‘p o‘tmay yomg‘ir ham tindi, muxlislar ham o‘z joylariga qaytishdi va o‘yinni boshqa vaqtga qoldirishga hojat qolmadi.
Yevroning eng yaxshi o‘yini
Turkiya – Gurjiston 3:1
Gollar: 1:0 – 25 Muldur, 1:1 – 32 Mikautadze, 2:1 – 65 Guler, 3:1 – 90+7 Okturko‘g‘li.
Turkiya – Gunok, Muldur (Chelik, 85), Bardakchi, Oqoydin, Oyxon (Demiral, 79), Kadio‘g‘li, Chalxono‘g‘li, Kekchi, Guler (Yaziji, 79), Yilmaz, Yildiz (Oqturko‘g‘li, 85).
Gurjiston – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya (Zivzivadze, 85), Dvali, Tsitaishvili (Lochoshvili, 74), Kochorashvili, Chakvetadze (Davitashvili, 73), Mekvabishvili (Altunashvili, 89), Kvaratsxeliya, Mikautadze.
Ogohlantirishlar: Bardakchi (35), Kverkveliya (56), Chalxono‘g‘li (89).
Turkiya va Gurjiston o‘rtasidagi o‘yinni chempionatning eng tomoshabop o‘yini deyish mumkin. Jamoalar amalda maydon markazisiz o‘ynashdi. Ko‘p hujumlar uyushtirildi va o‘z navbatida raqibga ham gol urishga ko‘p imkoniyat qoldirildi. Ikki tomondan darvoza ustunlari va to‘sinlariga borgan zarbalarni hisobga olsak, bu o‘yinda gollar to‘rttadan ko‘p ham bo‘lishi mumkin edi.
Turkiya birinchi bo‘limda ikki daqiqa ichida ikki bor darvozani ishg‘ol etdi. Ammo ulardan faqat bittasi inobatga olindi. Mert Muldur jarima maydoni ichidan qaytib chiqqan to‘pni to‘xtatmasdan zarba berdi — to‘p yaqin to‘qqizlikka borib tushdi. Va keyingi hujumdayoq Kenan Yildiz ham ikkinchi tempda bo‘sh darvozaga to‘pni kiritdi. Bosh hakam golni hisobga olgandi, ammo VAR vaziyatga aralashib, kichik ofsayd qayd etdi.
Navbatdagi gol ham o‘zini uzoq kuttirmadi. Gurjistonliklar 32-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Jorj Mikautadze milliy jamoasining Yevropa chempionatlaridagi ilk goli muallifi. Bu gol urilgan hujumda ko‘p ishni jarima maydoni ichida raqibni aldab o‘tib, uzatma bergan Georgiy Kochorashvili bajardi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishidan 30 soniya o‘tmasdan muxlislar darvozasiga borgan yana bir zarba guvohi bo‘lishdi. Ikki jamoa ham tavakkalchilik bilan hujumkor futbol o‘ynashda davom etishdi. Turklar kutilganidek ko‘proq vaziyatlar yaratishdi va yakunda aynan ular yana oldinga chiqishdi. Arda Gulerning fantastik zarbasi golga aylandi.
Arda Güler’s goal captured from the stands… 😍🇹🇷#EURO2024 pic.twitter.com/6ptEfGv6dc
— Euro 24 Hub (@Euro24Hub) June 18, 2024
«Real»ning hujumkor yarimhimoyachisi bu mavsumda hayratlanarli ko‘rsatkich qayd etmoqda. U Ispaniya chempionatida o‘ziga berilgan vaqtda olti bor darvoza tomon zarba yo‘llagan — va olti gol urgan. Bu o‘yinda ham Guler bitta zarba berdi va bu golga aylandi. Birinchi bo‘limda Muldur turnirning eng chiroyli golini urgandek ko‘ringandi, Guler esa unga raqobat qiladigan bo‘ldi.
4 brilliant goals! Tap below to vote for your favourite? 🗳️👇
— UEFA EURO 2024 (@EURO2024) June 18, 2024
🇹🇷 Mert Müldür vs Georgia
🇷🇴 Nicolae Stanciu vs Ukraine
🇮🇹 Nicolò Barella vs Albania
🇹🇷 Arda Güler vs Georgia
@AlipayPlus | #EUROGOTT
Keyingi hujumdayoq gurjistonliklar muvozanatni tiklashi mumkin edi. 70-daqiqada Kochorashvili raqib jarima maydonida himoyachini aldab o‘tdi, ammo uning qulay pozitsiyadan yo‘llagan zarbasi to‘singa bordi. Keyin esa Georgiy Mamardashvili bir necha ajoyib seyvlar namoyish etishiga to‘g‘ri keldi. Xvicha Kvaratsxeliya emas, aynan u va Kochorashvili gurjistonliklarning maydondagi eng yaxshi futbolchilari bo‘lishdi.
O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda turklar kuchli bosimga bardosh berishiga to‘g‘ri keldi. Xvicha xavfli vaziyat yaratdi, ammo jamoadoshlari uning qanotdan uzatmasini golga aylantira olmadi. Keyin Turkiya jarima maydonida aql bovar qilmas ishlar ro‘y berdi. Kochorashvilining zarbasi ustunga tegdi, keyin himoyachi to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytarib qoldi. Gurjiston Yevropa chempionatidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritishga juda yaqin edi, ammo buning o‘rniga alamli gol o‘tkazib yuborildi.
Burchak zarbasi ijro etilayotganida Mamardashvili raqib jarima maydoniga yetib bordi, turklar esa to‘pni egallab olib, qarshi hujum uyushtirdi, Karim Oqturko‘g‘li to‘p bilan maydonning yarmini bosib o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi.
🇹🇷 Goal-saving block. A full-pitch sprint to score.
— UEFA EURO 2024 (@EURO2024) June 18, 2024
Türkiye refused to give up the 3 poins 😤#LastMinuteMomens | @Hublot pic.twitter.com/yuR61sAWDl
3:1 hisobi turklarni pley-offga maksimal darajada yaqinlashtirdi.
Ronaldu rekordini gol bilan nishonlay olmadi
Portugaliya — Chexiya 2:1
Gollar: Hranach (69, avtogol), Konseysau (90+2) — Provod (62).
Portugaliya – Koshta, Dalot (Inasiu, 63), Pepe, Diash, Mendesh (Netu, 90), Kanselu (Semedu, 90), Fernandesh, Vitinya (Konseysau, 90), Silva, Leau (Jota, 63), Ronaldu.
Chexiya – Stanek, Tsoufal, Hranach, Holesh (Xori, 90+3), Kreychi, Doudera, Provod (Barak, 79), Souchek, Shuls (Shevchik, 79), Shik (Xitil, 61), Kuxta (Lingr, 60).
Ogohlantirishlar: Leau (39), Shik (57), Konseysau (90+3).
O‘yin boshlanishi arafasida portugaliyaliklar bir necha rekordlarni o‘rnatishdi: Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionatlariga oltinchi marta kelgan ilk futbolchi bo‘ldi, Pepe 41 yoshida turnir tarixidagi eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Ammo maydonda autsayder raqib qattiq qarshilik ko‘rsatdi — portugaliyaliklar birinchi bo‘limni to‘liq nazorat qilgan bo‘lsa-da, raqib darvozasiga yo‘l topolmadi. Ronalduda ikkita yaxshi vaziyat bo‘ldi, ammo raqib darvozaboni uning zarbalarini to‘sdi.
Favoritlar ikkinchi bo‘limda ham bosim uyushtirishda davom etdi, ammo 62-daqiqada chexlar kamdan kam hujumlaridan birida hisobni ochishdi — Lukash Provod jarima maydoni tashqarisidan to‘pga bir teginishda zarba berib, Diogu Koshtani dog‘da qoldirdi. Bu Chexiya futbolchilarining darvoza sohasiga borgan ilk zarbasi edi.
Portugaliya tezda javob qaytardi — Nunu Mendesh bosh bilan to‘pni darvozaning o‘ng burchagiga yo‘naltirdi, to‘p chexlar darvozabonidan unga yaqin masofadagi himoyachining oyog‘iga qaytdi va dramatik avtogol sodir bo‘ldi. Goldan keyin ssenariy o‘zgarmadi — portugallar bosim qilishda davom etdi, chexlar esa o‘yin oxirigacha boshqa zarba yo‘llashmadi. Roberto Martines shogirdlari esa o‘yin oxirlarida ikkita golli hujum uyushtirishdi: birinchi gol Ronaldudagi ofsayd tufayli bekor qilindi — Krishning bosh bilan yo‘llagan zarbasi ustundan qaytgan, Diogu Jota esa bir necha metr masofadan turib qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ygandi.
Lekin qo‘shimcha daqiqalarda Fransishku Konseysau toza gol urdi — chexlar himoyachisi Pedru Netuning qanotdan uzatmasini qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Portugaliyaning yaqin o‘tmishdagi yulduz futbolchisi, Serjiu Konseysauning 21 yoshli o‘g‘li Fransishku Konseysau g‘alaba golini urdi.
Turnir favoritlaridan biri sifatida qaralgan portugallar ham birinchi turda Fransiya va Angliya kabi qiyin g‘alabaga erishdi. Keyingi turda Ronaldu va jamoadoshlarini Turkiyaga qarshi yana bir qiyin o‘yin kutmoqda.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024
Ronaldu - «Real»dagi faoliyati, Mbappe Madridga o‘tishi va Kroos faoliyatini yakunlagani haqida
19:43 / 02.09.2024