Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
«An Nasr»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 1 milliard obunachiga ega bo‘lganini ma’lum qildi. U tarixda birinchi bo‘lib bunday muvaffaqiyatga erishdi.
«Biz tarix yaratdik — 1 milliard obunachi! Bu shunchaki raqam emas — bu bizning umumiy ishtiyoqimiz, o‘yin va undan tashqaridagi muhabbatimizdan dalolat beradi.
Madeyra ko‘chalaridan tortib, dunyodagi eng katta sahnalargacha men har doim oilam va siz uchun o‘ynaganman. Hozir biz 1 milliardmiz. Menga ishonganingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz va hayotimning bir qismi bo‘lganingiz uchun tashakkur. Eng yaxshisi hali oldinda, biz birgalikda g‘alaba qozonamiz va tarix yozamiz», — dedi Ronaldu sahifalarida.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025