Samarqandda sher bolasi topib olindi. U Qashqadaryodan Andijonga olib ketilayotgan bo‘lgan
Bugun, 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri yo‘llarida sher bolasi topib olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, tarqalgan videolarda aks etgan sher bolasi topib olinmagan, balki ushlab qolingan.
“Gap shundaki, Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat IIB hamkorligida o‘tkazilayotgan reyd davomida Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashina tekshirilganda, unda sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.
Viloyat ekologiya boshqarmasi mutaxassislarining sher bolasining qayerdan, nima uchun olib ketilayotgani haqidagi savollariga haydovchi aniq javob bera olmasdan, hujjatlarni taqdim qilmagan. Sal o‘tmay esa “hujjatlarni olib kelaman”, deb sher bolasini tashlab qochib ketgan”, deyiladi ma'lumotda.
Bildirilishicha, shundan so‘ng olib borilgan tezkor tadbirlar davomida haydovchi ushlangan va ayni paytda dastlabki surishtiruvlar olib borilmoqda.
Sher bolasi Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasida o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlanmoqda. Qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etilishi aytilgan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024