Iqtisodiyot | 16:39 / 09.06.2024
9563
5 daqiqa o‘qiladi

Oltin va neft arzonlashdi, Bitcoin qimmatlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Valuta bozorida dollar mustahkamlandi. Buning oqibatida yevro, yuan, lira va so‘m arzonlashdi. Yaqin Sharqda davom etayotgan keskinliklarning nisbatan yumshashi neft narxi pasayishiga ta’sir qildi. Yevropa va Kanada Markaziy banklari esa foiz stavkasini tushirdi.

Foto: Getty Images

Iyun oyining dastlabki haftasida bir qator muhim makroiqtisodiy ma’lumotlar e’lon qilindi. Yuqori foiz stavkalari AQShning iqtisodiy faolligiga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani va u endilikda salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarayotgani alomatlari ko‘rina boshladi. Dushanba kuni e’lon qilingan ishlab chiqaruvchilar indeksi (Manufacturing PMI) may oyida sezilarli darajada, prognozdan 1,1 punktga pastroq chiqib, 48,7’ni tashkil etgan. Bundan tashqari, AQSh mehnat bozorida ahvol yomonlashmoqda. AQSh Mehnat statistikasiga ko‘ra, yangi ish o‘rinlari ochilishi keskin pasaygan va kutilgan 8,370M ish o‘rinlariga nisbatan aslida 8,059M ish o‘rinlari paydo bo‘lgan. Bu ishsizlik darajasida ham aks etgan va may oyida bu ko‘rsatkich 4 foizgacha ko‘tarilgan.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 3 iyundan 7 iyungacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.      

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5346 (hafta boshidan +1,32 foiz, yil boshidan +12,10 foiz);
  • NASDAQ – 19000 (hafta boshidan +2,50 foiz, yil boshidan +12,93 foiz);
  • DJI – 38799 (hafta boshidan +0,29 foiz, yil boshidan +2,94

foiz).

Hisobot haftasida Dow Jones indeksi 113 punktga, NASDAQ 464 punktga va S&P500 70 punktga oshdi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2293 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -1,43 foiz, yil boshidan +11,19 foiz;
  • Kumush – 29,1 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -4,04 foiz, yil boshidan +22,66 foiz;
  • Alyuminiy – 2567 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan -3,06 foiz, yil boshidan +7,81 foiz:
  • Mis – 4,4 dollar (1 funti) hafta boshidan -3,95 foiz, yil boshidan +14,16 foiz.

Qimmatbaho metallar ham tebranuvchan va korreksiya haftasini boshdan kechirdi. Oltin va mis mos ravishda 33 dollar va 0,18 dollarga, alyuminiy va kumush 81 dollar va 1,23 dollarga arzonlashdi.

Neft

  • WTI – 75,35 dollar (hafta boshidan -2,29 foiz, yil boshidan +5,69 foiz);
  • BRENT – 79,47 dollar (hafta boshidan -2,23 foiz, yil boshidan +3,15 foiz).

Hafta davimida neftning WTI markasi 1,77 dollarga, BRENT esa 1,81 dollarga arzonladi.  

Valutalar

  • USD/EUR:  -0,46 foiz (yil boshidan -2, 17 foiz);
  • CNY/USD:   +0,08 foiz (yil boshidan +2,11 foiz);
  • TRY/USD:  +0,59 foiz (yil boshidan +9,69 foiz);
  • UZS/USD:   +0,37 foiz (yil boshidan +2,78 foiz);
  • RUB/USD:  -1,48 foiz (yil boshidan -0,35 foiz).

Valutalar bozorida dollar mustahkamlandi. Buning oqibatida yevro va lira 0,46 va 0,59 foizga, so‘m va yuan 0,37 va 0,08 foizga o‘z qadrini yo‘qotdi. Faqatgina rubl 1,48 foizga mustahkamlandi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 69429 dollar (hafta boshidan +2,44 foiz, yil boshidan +63, 71 foiz);
  • Ethereum – 3677 dollar (hafta boshidan -2,7 foiz, yil boshidan +61,1 foiz). 

Bitcoin 5 kunlik savdolarda 2,44 foizga, Ethereum esa 2,7 foizga arzonlashdi. 

Bozorlar haqida qisqacha

O‘zgaruvchan global sharoitlar va murakkab siyosiy jarayonlar bozorlardagi tebranuvchanlik saqlanib qolinishiga ta’sir qilyapti. Joriy hafta Yevropa va Kanada Markaziy banklari o‘z hududlarida foiz stavkasini tushirganini e’lon qilishi global jihatdan qaraganda miqdoriy qisqartirish davri yakuniga yetganidan darak berib, boshqa hududlarda ham yaqin orada pasaytirilishi mumkinligini bildiradi. Biroq sanksiyalar va geosiyosiy tig‘izliklar tufayli vujudga kelgan katta tortishuvlar neft bozorini bosim ostida saqlab, narxning bir koridorda tebranib yurishiga majbur qilmoqda. AQShda e’lon qilingan makro ma’lumotlar ham bozorni reaksiyasiz qoldirmay, fond indekslarini pasaytirdi. Bu kutilgan holat bo‘lib, mamlakat regulyatoriga chora ko‘rishiga signal sifatida rol o‘ynaydi. Ammo chora-tadbirlar aniq bo‘lmaguncha ortiqcha xavflardan himoyalanish kerak bo‘ladi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 3 iyundan 7 iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.    

Mavzuga oid