Oktyabr oyining sönggi haftasida AQŞda muhim çoraklik va oylik hisobotlar e’lon qilindi. Sönggi 1 hafta içida dastlabki işsizlar da’volari arizalarini töldirganlar soni kamaygan va kutilgandan ham yaxşiroq – 216 mingtani taşkil etgan. Ötgan oydagi işsizlik darajasida ham yomonlaşiş sur’ati kuzatilmagan va 4,1 foiz bölgan. Biroq yangi iş örinlarining oçiliş statistikasiga nazar taşlanadigan bölsa, sentabr oyida bu körsatkiç prognoz pastroq natijani qayd etganiga guvoh böliş mumkin. Iqtisodiy ösişni ta’minlaydigan boşqa körsatkiçlar, masalan, YaIM ösişi dastlabki ma’lumotlarga köra 2,8 foizni taşkil etgan. Iste’molçilar işonçi va işlab çiqariş xaridlari indekslari oktyabr oyida mos ravişda 108,7 va 46,5 bölgan, şaxsiy iste’mol xarajatlari indeksi esa prognoz biroz past – 2,1 foiz ösişga erişgan.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 28 oktyabrdan 1 noyabrgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.
AQŞ top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5728 (hafta boşidan -1,37 foiz, yil boşidan +20,11 foiz);
- NASDAQ – 18239 (hafta boşidan -1,5 foiz, yil boşidan +21,51 foiz);
- DJI – 42052 (hafta boşidan -0,15 foiz, yil boşidan +11,58 foiz).
Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 62 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravişda 279 va 79 punktga pasaydi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2735 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan -0,39 foiz, yil boşidan +32,63 foiz;
- Kumuş – 32,4 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan -3,72 foiz, yil boşidan +36,43 foiz.
- Alyuminiy – tonnasi 2601 dollar (hafta boşidan -2,67 foiz; yil boşidan +8,91 foiz);
- Mis – 4,32 dollar (hafta boşidan -0,46 foiz; yil boşidan +12,21 foiz).
Qimmatbaho metallar ham prezidentlik saylovlari avjiga çiqişi va oktyabr oyi makro ma’lumotlari e’lon qilinişi fonida tebranuvçanlikka yuz tutdi. Oltin, kumuş, alyuminiy va mis hafta davomida mos ravişda 10,76 dollar, 1,25 dollar, 71,45 dollar va 0,02 dollarga arzonlaşdi.
Neft
- WTI – 69,29 dollar (hafta boşidan -3,25 foiz, yil boşidan -2,81 foiz);
- BRENT – 75,91 dollar (hafta boşidan +3,79 foiz, yil boşidan -1,47 foiz).













