Jamiyat | 07:31 / 11.06.2024
4634
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek hamda Olmazor tumanlarida 11 iyun kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari

Bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi

Bugun, 11 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Avayxon” va “Sayram” MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Oltinsoy”, “Islom ota”, “Qichqiriq”, “Istiqbol”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Bo‘stonobod”, “Shodiyona”, “Yangi Toshkent”, “Moyariq”, “Ahil” hamda “Elparvar” MFY ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Mavzuga oid