AQŞning Kaliforniya ştatida istiqomat qiluvçi fuqaro xatolik sabab 18 yildan beri qöşnisining elektr hisobiga pul tölab kelgani ma’lum böldi. Bu haqda CBS News va ABC7 telekanallari xabar bermoqda.
Ken Uilson bu uyda 2006 yildan beri yaşaydi. Yaqinda u kommunal xizmatlar uçun tölaşi kerak bölgan summa ança oşganini sezib qoldi. Erkak elektr energiyasini tejay boşladi va hatto kvartirasidagi hisoblagiçlar qança vatt iste’mol qilişini ölçaydigan maxsus qurilmani sotib oldi.
Uilsonning aytişiça, u elektr energiyasi avtomatlarini öçirganidan söng ham hisoblagiçlar işlaşda davom etgan. Şundan keyin u kommunal xizmatlar körsatuvçi Pacific Gas and Electric (PG&E) kompaniyasiga aloqaga çiqqan. Erkak yo kimdir uning elektr energiyasini “öğirlayapti” yoki hisoblagiçlarda nosozlik bor, deb öylagan.
PG&E xodimlari Uilsonning hisoblagiçlarini tekşirganida, uning xonadoni boşqa hisoblagiçga ulanganini aniqladi, şu sababli kompaniya şu paytgaça undan öz xonadoni uçun emas, balki qöşni uyga haq olib kelgan.
PG&E xatosini tan olib, tuşunmovçilikni bartaraf etdi. Şuningdek, Uilsonning hisobiga 600 dollar ötkazib berildi — u sönggi uç yil davomida şunça miqdorda ortiqça tölov qilgan.







