Senat binosida saylangan prezident Şavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bölib ötmoqda. Kun.uz muxbiri xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev tadbir davomida nutq sözlamoqda. 

“Yurtimizda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş uçun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoşlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-öqituvçilar, haqiqiy ziyolilar kerak.

Oçiq aytiş lozim, biz bu zahmatkaş, fidoyi insonlar oldida hali qarzdormiz. Şu boisdan ham, qançalik qiyin bölmasin, öqituvçilar mehnatini munosib rağbatlantiriş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. 2025 yilga borib, oliy toifali öqituvçilarning oylik maoşini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkaziş çoralari köriladi.

Bu borada, avvalo, boğça tizimini maktab ta'limi bilan uyğunlaştiriş orqali, bolalarimizni maktabga tayyorlaş sifatini yanada yaxşilaymiz. Mamlakatimizning hamma hududlarida önlab yangi-yangi maktabgaça ta'lim muassasalari barpo etiladi. Barça boğçalar har yili 2 million nusxadagi zamonaviy öquv adabiyotlari bilan ta'minlab boriladi. Boğça xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oşirib boriş ğoyat muhim ahamiyatga ega. Şu maqsadda tizimdagi 160 ming nafardan ziyod pedagog kadrlarning malakasi oşiriladi.

Taraqqiyot strategiyamizda xalqimiz salomatligini ta'minlaş bundan buyon ham boş vazifa bölib qoladi. Uşbu sohaga yönaltiriladigan mablağlarni 2 barobar oşiriş, jumladan, kelgusi beş yilda oliy toifali şifokorlar maoşini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkaziş möljallanmoqda. Muallimlarga ming dollar maoş berib, şifokorlarga bermasak adolatsizlik böladi.

Asosiy maqsad – tibbiyot sohasini çinakamiga xalq dardiga darmon böladigan, yuqori samara bilan işlaydigan tizimga aylantirişdan iborat. Tibbiyotning birlamçi böğini orqali tibbiy profilaktikaga, oilaviy şifokorlar rolini oşirişga alohida e'tibor qaratiladi.

Jumladan, aholi orasida eng köp tarqalgan va erta ölimning asosiy sababi bölgan kasalliklarni barvaqt aniqlaş, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oşiriş, profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta'minlaş hamda soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş çoralari köriladi. Bunda, axborot texnologiyalarini joriy etiş hisobidan korrupsiya holatlarining oldini oliş, eng muhimi, aholini rozi qiliş asosiy vazifamiz böladi.

Viloyat, tuman va şaharlarda ixtisoslaşgan tibbiy xizmatlar kölami kengaytiriladi. Davlat tibbiy suğurta tizimi işga tuşirilib, mablağ aniq bemorga boğlangan holda ajratiladi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.