Adliya vazirligi Toshkent propiskasi shartlarini qat'iylashtirishni taklif etdi(mi)?

Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi» portalida e'lon qilingan yangi hujjat loyihasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish imkonini beruvchi shartlarni qat'iylashtirish taklif etilmoqda.
Endilikda boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qiymati eng kam oylik ish haqining 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganida –shartnoma summasining 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi mumkin.
Ushbu taklif O‘zbekiston fuqarolariga taalluqli emas, ammo quyida hujjat loyihasida aynan mahalliy aholiga aloqador taklif ham keltiriladi.
«Agar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, ularning har biri mazkur kichik bandda belgilangan stavkada davlat boji to‘laydi», — deyiladi muhokamaga havola qilingan hujjat loyihasida .
Gap shundaki, Kun.uz'da e'lon qilingan huquqshunos Xushnud Xudayberdiyevning «Propiska bo‘yicha layfxak» maqolasida aynan Toshkent shahri propiskasiga manfaatli, asosiysi qonuniy yo‘l bilan erishish haqida ma'lumot berilgandi.
O‘zR Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga binoan, ikki yoki bir necha shaxs shartnoma imzolashi mumkin. Ya'ni, biror mulkni albatta 1 kishi sotishi yoki 1 kishi sotib olishi shart emas. Taraflar ko‘pchilik bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, yangi qurilayotgan uylarni 3-4 kishi o‘rtaga pul tashlab (ulush qo‘shib) sotib olishi ham mumkin.
Agar Vazirlar Mahkamasi taklif etayotgan hujjat qabul qilinib, u kuchga kirsa, umumiy mulk huquqi asosida yangi qurilgan uy-joylardan birini sotib olayotgan shaxslarning har biri davlat bojini to‘lashga majbur bo‘ladi.
Soddaroq qilib aytganda, hukumat «mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji» ko‘rinishida aynan propiska qiymati belgilamoqda. Yangi qurilgan uy-joy narxi shartli ravishda o‘rtacha 400 million so‘m deb qabul qilinsa, propiska uchun yo‘l ochib beruvchi to‘lov har bir shaxs uchun 20 million so‘mdan tushadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Shunga qaramay, Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini ko‘rgan holda ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan cheklovlarni bekor qilinmadi.
Ayni paytda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda — shartnoma summasining 5 foizi, ammo eng kam oylik ish haqining kamida 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 600 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda — shartnoma summasining 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.
Ma'lumot uchun: hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilinganidan bir kun o‘tib muhokamadan olib tashlandi.
O‘z navbatida, Adliya vazirligi bu borada hozircha hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025