Adliya vazirligi taşabbusi bilan şaxslarning tasvirga bölgan huquqlari himoyasini ta’minlaş uçun bir neçta qonun hujjatlariga özgartiriş kiritilmoqda.

Xususan, Fuqarolik kodeksini quyidagi mazmundagi 100-1-modda bilan töldiriş taklif qilingan:

«Şaxsni tasvirga (fototasvir, videoyozuv, u aks etgan tasviriy san’at obekti yoki uni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan boşqa taşqi belgilar yiğindisi) oliş (tasvirini yaratiş) va undan foydalanişga faqat uşbu şaxs roziligi bilan yöl qöyiladi».

Loyihada, şuningdek, tasvirdan foydalaniş deganda nima nazarda tutilişi, qanday hollarda şaxslarni tasvirga oliş va undan foydalaniş uçun rozilik oliş talab etilmasligi belgilangan.

Kun.uz uşbu loyiha yuzasidan savollar bilan Adliya vazirligi mas’ul xodimi Murodjon Najmiddinovga yuzlandi.

– Uşbu qonun loyihasini işlab çiqişning qanday zarurati bor edi?

– Konstitutsiyaga köra, har kim özi töğrisida noqonuniy olingan ma’lumotlar yöq qilinişini talab qilişga haqli. Fuqarolik kodeksiga asosan tasvir huquqi daxlsiz ekani belgilangan.

Birovning şaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, tasvirga oliş, rasmga işlov berişga oid munosabatlar «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi qonun bilan tartibga solingan. Ammo bu qonun şaxs tomonidan boşqalarning tasviriga şaxsiy, maişiy maqsadlarda va iş (tijorat) faoliyati bilan boğliq bölmagan holatlar uçun qöllanmaydi. Şu bois qonunlarda kişilarning tasvirga bölgan huquqi daxlsiz etib belgilangan bölsa-da, amalda uşbu huquqdan foydalaniş borasidagi eng asosiy qoidalar ham mavjud emas. (Masalan, kişini tasvirga oliş uçun qaçon ruxsat söraş kerag-u, qaçon şart emas?)

Mazkur jihat tartibga solinmagani bois quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib çiqarmoqda:

1. Kişilarning boşqa turdagi şaxsga doir ma’lumotlari qatorida tasvirini ruxsatsiz tarqatiş holatlari yil sayin köpayib bormoqda.

Xususan, 2021-2024 yillarda ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan ma’lumotlarni oşkor etiş/şaxsiy hayot daxlsizligini buziş böyiça 1 950 ta ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan bölib, uşbu turdagi işlar soni 2,5 baravarga oşgan. Sönggi 5 yilda şaxsiy, oilaviy sirlarni kişining roziligisiz yiğiş va uni internetda tarqatiş tahdidi, tovlamaçilik kabi jinoyatlar köpayib bormoqda. Buning natijasida öz joniga qasd qiliş holatlari oşmoqda;