O‘zbekiston | 12:59 / 08.04.2023
68439
3 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Sinoptiklar 10-12 aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 aprelda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 11 aprelda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 12 aprelda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 aprelda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +19...+24 daraja, 11 aprelda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 12 aprelda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 10 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 11-12 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 aprelda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 11 aprelda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 12 aprelda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +21...+27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 10 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 11-12 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 aprelda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 11 aprelda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +25...+30 daraja, 12 aprelda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 10 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 11-12 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, , ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-11 aprelda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 12 aprelda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 10-11 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Baland tog‘larda (2000 metrdan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 10-11 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi 10-11 aprelda +6...+11 daraja, 12 aprelda +8...+13 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid