O‘zbekiston | 10:02 / 31.05.2024
9991
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyuradi 

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.    

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish mo‘ljallangan.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obektlarni ishga tushirish ham ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.    

Mavzuga oid