Şofirkonda 16 yoşli ösmir öndan ortiq şaxslar nomiga onlayn kredit rasmiylaştirib olgani aniqlandi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yilning 24 may kuni Şofirkon tumani IIBga tumanning Iskogare mahallasida yaşovçi fuqaro murojaat qilib, nomiga 54 mln söm kredit olinganini, hozirda mazkur kredit tölovlari uning plastik kartasidan yeçib olinayotganligini bildirgan. Holat yuzasidan noma’lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda Buxoro viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölimi xodimlari tomonidan tezkor texnik va suriştiruv harakatlari olib borilgan.

Tezkor tadbirlar natijasida uşbu jinoyatni 2008 yilda Şofirkon tumanida tuğilgan ösmir sodir qilganligi foş etilgan.

Ösmir PayNet şoxobçasida norasmiy tarzda işlagan va fuqarolarga sim-karta beriş jarayonida ularning fotosuratlarini identifikatsiyadan ötkaziş uçun olgan. Söngra yaşirin ravişda fuqarolarning telefon raqami va fotosuratlaridan foydalanib, ularning nomiga onlayn kredit rasmiylaştirib olgan. U öndan ortiq fuqaroga köp miqdorda moddiy zarar yetkazgan. Qölga kiritgan pullarini esa onlayn qimorga tikib yuborgan.

“Pul yöqligi sababli mijozlarim nomiga “Anorbank” ilovasi orqali kredit rasmiylaştirdim. Har bir mijozimga 15-20 mln sömdan jami 100 mln söm miqdorida kredit oldim.

Buning oxiri voy: odam pul va qimor dardida özini boşqara olmay qoladi. Qimor öyinlari odamni psixotorop moddalari kabi öziga qaram qilib qöyadi”, degan u intervyusida.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Şuhrat Jalolovga köra, voyaga yetmagan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda unga nisbatan qamoqqa ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirgi kunda gumon qilinuvçidan boşqa jabrlangan şaxslar ham bölişi mumkin degan ehtimol bilan tezkor suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.