Jamiyat | 11:45 / 24.02.2017
40393
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyati aholisi diqqatiga!

Kun.uz tahririyati yaqin kunlarda Buxoro viloyati rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Shu bois savol, taklif yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni bizga yo‘llashingiz mumkin.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev bilan bo‘ladigan uchrashuv chog‘ida aholini ko‘proq qiziqtirgan savollarga javob olish va dolzarb muammolarga e'tibor qaratishga harakat qilamiz. Tilga olinmagan savol, taklif va shikoyatlarni viloyat hokimining qo‘liga shaxsan topshirish rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: savol, taklif va shikoyatlarni qabul qilish vaqti chegaralangan!

Murojatlarni ushbu havola orqali yoki info@kun.uz elektron manzilimizga yuborishingiz mumkin!

Mavzuga oid