O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
1-2 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.
1 mayda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning qolgan hududlarida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
2 mayda respublikada yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.
30 aprel - 3 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Mavzuga oid
11:03 / 04.01.2025
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
10:50 / 04.01.2025
5 yanvarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin
15:27 / 03.01.2025
Hafta oxirida hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
10:42 / 03.01.2025