O‘zbekiston | 10:42 / 03.01.2025
17086
3 daqiqa o‘qiladi

4 yanvarda kechqurun yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin

O‘zgidromet 4 yanvar, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –1...–3, kunduzi +3...+5 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8, kunduzi +1...+6 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi +1...+6 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi +1...+6 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –5...–10, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid