00:52 / 19.12.2018
8836

Yangi o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasida magistraturaning yangi “Nutritsiologiya” yo‘nalishi ochiladi

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) respublikaning barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga:

  • Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining arterial gipertoniya, qandli diabet, bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha klinik protokollar, standartlar hamda tavsiyalar talablarini;
  • qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi orqali tibbiy xizmatlarning uzluksiz baholash va sifatini oshirish mexanizmlarini;
  • har bir bemor uchun yuqumli bo‘lmagan kasalliklar va xavf omillari bo‘yicha salomatlik profillarini yaratishni nazarda tutgan dasturiy ta'minotini tatbiq etishi;

b) oziq-ovqat mahsulotlarni tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar toifasiga kiritish mezonlari va tartibini ishlab chiqishi va tasdiqlashi;

v) tarkibida yog‘lar, tuz va qand miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish (tayyorlash), sotish va iste'molini cheklash bo‘yicha takliflar kiritishi yuklatilmoqda .

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent tibbiyot akademiyasi magistraturasining yangi “Nutritsiologiya” yo‘nalishini ochish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullansin.

Top