Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida katta islohotlar kutilyapti. Sohaga 1,3 mlrd dollar jalb etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinadi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 2019–2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta ishlash va eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari;
xorijiy kredit liniyalari hisobidan yirik agrologistika komplekslarini tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
zamonaviy agrologistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi;
import o‘rnini bosuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlardagi samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etishning maqsadli parametrlari;
respublika hamda hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari huzuridagi sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
qabul qilinadigan oziq-ovqat sanoati sohasidagi xalqaro standartlar ro‘yxati;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka” ATB hamda boshqa tijorat banklari bilan birgalikda jalb etilayotgan quyidagi manbalar hisobidan:
a) muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari va chora-tadbirlarga tegishliligi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘lari;
Jahon bankining qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun 200,0 mln AQSh dollari hamda qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari;
Osiyo taraqqiyot bankining yirik zamonaviy agrologistika komplekslarini tashkil etish uchun 347,0 mln AQSh dollari va chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining meva-sabzavotchilikni rivojlantirish uchun 200,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari;
Fransiya rivojlanish agentligining chorvachilikni rivojlantirish uchun 170,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari;
Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uchun 46,6 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari;
b) sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilishga Jahon bankining 6,2 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larining yo‘naltirilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
loyihaning umumiy qiymati 244,75 mln AQSh dollari, shu jumladan Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari 197,0 mln AQSh dollari, O‘zbekiston Respublikasining ulushi soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash va boshqa sarf-xarajatlarni investitsiya davrida moliyalashtirish evaziga jami 47,75 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil etishi;
Qishloq xo‘jaligi vazirligini loyihaning buyurtmachisi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligini esa uning ijro etuvchi organi etib belgilash;
Osiyo taraqqiyot banki bilan imzolangan qarz bitimi va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini berish hamda loyihaning amalga oshirilishini tezlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida imzolanadigan moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa beradi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi va unga investitsiya loyihalari va tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish, loyiha tashabbuskorlari bilan birma-bir uchrashib, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni hal etishga ko‘maklashish hamda ularning muddatida va sifatli amalga oshirilishini monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.
Qoraqapog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur qaror ilovalariga muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun zarur yer maydonlari va bo‘sh binolar ajratilishini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish masalalarini hal etadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sektorida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rag‘batlantirish maqsadida ekinlarni joylashtirish va qayta ishlashning samarali infratuzilmasini yaratish;
mahsulotlarni yig‘ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, ichki va tashqi bozorga yetkazib berish borasida xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy agrologistika komplekslari va markazlari tizimini shakllantirish;
agrologistika komplekslari va markazlarini joylashtirish, qurish, ularni boshqarish bo‘yicha kompaniyalarni tashkil etish;
xususiy sektorni keng jalb qilgan holda agrologistika komplekslari va markazlarida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro talablar asosida, sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq sinovlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan laboratoriyalar, bojxona terminallari va boshqa xizmatlarni yo‘lga qo‘yish;
kooperatsiya ishtirokchilari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va qishloq xo‘jaligi birlashmalarini yaratilayotgan agrologistika komplekslari va markazlari faoliyatiga keng jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlariga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarni;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning muddatida va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
v) “O‘zbekoziqovqatxolding” XK:
investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘radi;
import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etadi.
2019 yil 1 avgustdan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
a) qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari “O‘zstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
milliy valutada, qiymati 10 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha – 5 foizli punkt miqdorida;
xorijiy valutada, qiymati ekvivalentda 10 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladi;
kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi;
v) samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ–4246-son “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
12:32
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
11:37 / 20.11.2024