Tarmoqlar va hududlar tomonidan xorijiy investitsiyalarni özlaştirişning maqsadli körsatkiçlariga muvofiq 2024 yil II çoragida 8,12 mlrd AQŞ dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar, şu jumladan 7,27 mlrd AQŞ dollari miqdorida töğridan töğri investitsiyalar va kreditlar, 853,8 mln AQŞ dollari miqdorida – davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar özlaştiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024 yil II çoragida tarmoqlar va hududlar kesimida xorijiy investitsiyalarni özlaştirişning maqsadli körsatkiçlari;
  • 2024 yil II çoragida investitsiya va kreditlarni özlaştiriş böyiça yiğma manzilli dastur;
  • 2024 yil II çoragida işga tuşiriladigan yirik işlab çiqariş obektlari va quvvatlarining manzilli röyxati;
  • Özbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;
  • Töğridan töğri xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati.