Sönggi yillarda Özbekistonda köp qavatli uylar qurilişi keskin köpaydi. Ammo afsuski, noqonuniy quriliş qilayotgan tadbirkorlar va yangi köp kvartirali uy quraman, deb fuqarolar işonçiga kirib, aldov yöli bilan ularning pulini olişni maqsad qilganlar ham tez-tez uçramoqda.
Qurilişi hali bitmagan yoki umuman boşlanmagan uylardan kvartira sotib olişda nimalarga e'tibor beriş kerak? Biz şu masala yuzasidan Quriliş vazirligida böldik. Savollarimizga Quriliş vazirligi boşqarma boşliği Şerzod Sodiqov va vazirlik bölim boşliği Elyor Komilov javob berdi.
— Yangi uylarni sotib olişda köp tuşunmovçiliklar bor. Qurilişda «uluş kiritiş asosida» degan tuşunça paydo böldi, buni şerikçilik deb atasa böladi. Şu munosabat bilan 2020 yil 7 may kuni prezident qarori qabul qilindi. Unga asosan, uluş kiritiş, ya'ni aholining pulini jalb qilgan holda uy qurmoqçi bölsa, elektron röyxatga kirişi kerak.
Elektron röyxatga kirişda 5ta talab bor. Birinçisi, quriliş taşkilotining köp kvartirali uylarni quriş uçun yer uçastkasiga egalik huquqi va quriliş işlarini amalga oşirişga birlamçi ruxsat beruvçi hujjatlar mavjudligi;
Ikkinçisi, quriliş majmuasiga kiradigan köp kvartirali uylar va boşqa quriliş obektlari qiymatining 20 foizidan kam bölmagan miqdorda öz mablaği yoki kredit ajratiş haqida bank kafolat xati mavjudligi. Bu talab quruvçi taşkilotning avvaldan quriliş boşlaşga puli bölişini kafolatlaydi.
Uçinçisi, quriliş majmuasining loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi bölişi kerak.
Törtinçisi, texnik va mualliflik nazorati hamda davlat nazoratini amalga oşiriş uçun tegişli şartnomalar bölişi kerak. Qurilişning har bir jarayonida sifatga alohida e'tibor beriş maqsadida uşbu talab qöyilgan.
Beşinçisi, tijorat bankida tadbirkorning aynan mana şu uy uçun oçilgan maxsus hisobraqami bölişi kerak. Uşbu talab aholidan yiğilayotgan pulning haqiqatdan ham quriliş maqsadida işlatilişini hamda pulning işonçli saqlanişini ta'minlaydi.
Uşbu talablarni bajargan taşkilotgina elektron röyxatga kiritiladi.













