Iqtisodiyot | 11:57 / 25.01.2021
15974
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 26 yanvar kunidan kuchga kiradi.

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,18 so‘mga oshgan va bir dollar 10 518,99 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 115,58 so‘mga ko‘tarilib, 12 798,46 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 2,94 so‘mga arzonlagan va 1 rubl 139,72 so‘mni tashkil etgan.

Mavzuga oid