Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 800 so‘mdan oshdi
O‘zbek so‘mi yil boshidan buyon Amerika valutasiga nisbatan 3,7 foizga qadrsizlandi. So‘nggi kunlarda birjada dollar savdosi hajmi sezilarli oshgan. Avvalroq aholi va tadbirkorlarning valuta kursi o‘zgarishidan xavotirlari kuchaygani ma’lum bo‘lgandi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 15 oktyabrdan boshlab o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 12 803,05 so‘m deb belgiladi. Bu – bir kun oldingidan 22,91 so‘mga yuqori. Shu bilan birga, rasmiy kurs ilk marta 12 800 so‘mlik psixologik nuqtadan o‘tdi.
Ayirboshlash shoxobchalaridagi kurs bu nuqtadan bir necha hafta avval o‘tgandi. 14 oktyabr, dushanba kuni aksariyat banklarda Amerika valutasining xarid kursi 12 720 – 12 750 so‘m oralig‘ida, sotish kursi esa 12 810 – 12 840 so‘mni tashkil etdi.
So‘nggi kunlarda valuta birjasida dollar savdosi hajmi oshganini kuzatish mumkin. Oxirgi 10 savdo kunida (30 sentabrdan 14 oktyabrgacha) jami 1,88 mlrd dollarlik oldi-sotdi bitimlari tuzilgan bo‘lib, bu – avvalgi 10 savdo kuni (16–27 sentabr, 1,14 mlrd dollar)ga nisbatan 64 foizga yuqori.
O‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan yil boshidan buyon (2024 yilning ilk ish kunida kurs 12 338,77 so‘m edi) so‘mga nisbatan 3,76 foizga mustahkamlandi.
Rasmiy kurs aprel oyida 12 700 so‘mdan oshgandi. Ma’lumot uchun, Markaziy bank belgilaydigan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.
Avvalroq regulyator e’lon qilgan so‘rovlardan aholi va tadbirkorlarning valuta kursi o‘zgarishidan xavotirlari kuchaygani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti

10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi

10:09 / 11.03.2025
195 ming qalbaki dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

16:55 / 20.02.2025