O‘zbekiston | 10:02 / 16.03.2023
25213
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. 

Foto: Kun.uz

Shunga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi. 

Shunday qilib, haftasiga 6 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar quyidagi dam olish kunlariga ega bo‘ladi:

  • 2023 yil 19 mart (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;
  • 2023 yil 20 mart (dushanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 2023 yil 21 mart (seshanba) - dam olish kuni;
  • 2023 yil 22 mart (chorshanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni.

Haftada 5 kun ishlaydiganlar quyidagi kunlarda dam oladi:

  • 2023 yil 18 mart (shanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;

Mavzuga oid