Navoiyda Navröz bayrami munosabati bilan Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari holidan xabar olindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi Normat Tursunov Qiziltepa tumani hokimi Bekzod Bobomurodov bilan tumanda istiqomat qilayotgan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari Raşida aya Işkulova hamda Şukur bobo Homitov xonadonlarida bölib, ularning holidan xabar olişgan.

Suhbat jarayonida Raşida Işkulova 1943 yilda uruşga ketgani, «Marşal Rakasovskiy» 36920-harbiy front gospitalida hamşira bölib, askarlarga jang paytida tibbiy yordam körsatgani hamda 1943-45 yillarda Germaniya ostonasi Berlin şahrigaça harbiy hamşira sifatida xizmat vazifasini ötagani haqida öz xotiralari bilan örtoqlaşgan.

Bugungi kunda onaxon 4 nafar farzandni tarbiyalab, farzandlar ardoğida, yurtimiz qahramoni sifatida doim e’zozda ekanligini ta’kidlagan.

Şukur Homitov esa 1942 yilda Ukraina frontiga uruşga ketgan, 7- va 5-öqçi polkida mergan bölib jang qilgan. 1943 yilda yarador bölib, 3641-harbiy gospitalida davolangan hamda 1945 yilda frontdan qaytgan. Bobo 7 nafar farzandni tarbiyalab, tinçlik-xotirjamlik va şukronalikda umrguzaronlik qilayotganligini ta’kidlagan.

Taşriflar jarayonida uruş qatnaşçilarini bayram bilan tabriklab, ularga pul mukofoti hamda sovğalar topşirilgan.