Hafta davomida sovuq harorat saqlanib turadi
Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda tog‘li hududlarida biroz qor yog‘adi.
23 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga sovuq antitsiklon periferiyasi ta’sir etib turadi. «O‘zgidromet»ning xabar qilishicha, respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kunduzi havo harorati −3..+2 daraja atrofida, ayrim joylarda −5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Ish haftasi oxirigacha sovuq havo massasi ta’siri saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Kechalari havo harorati −8...−13 daraja sovuq, ba’zi joylarda −15...−17 darajagacha sovuq, kunduz kunlari −3...+2 daraja, ba’zi joylarda −5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Respublika yo‘llarida ayrim joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.