O‘zbekiston | 10:33 / 04.03.2021
54580
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida qatorasiga 3 kun dam oladi. Bu prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta'minlash maqsadida quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan:

  • 20 mart – shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
  • 21 mart – yakshanba (bayram kuni);
  • 22 mart – dushanba (27 martdagi dam olish kuni ko‘chirilgan).

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 20 mart — shanba va 22 mart — dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat'i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.

Shunday qilib, o‘zbekistonliklar mart oyida bayramlar munosabati bilan 4 kun (8, 20, 21, 22 mart) dam oladi. 

Hafta so‘ngidagi dam olish kunlarini qo‘shib hisoblaganda esa mart oyida:

5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar jami 9 kun – 6, 7, 8, 13, 14, 20, 21, 22 va 28 mart kunlari;

6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar jami 7 kun – 7, 8, 14, 20, 21, 22 va 28 mart kunlari dam oladi.

Mavzuga oid