O‘zbekiston | 18:57 / 17.03.2023
8865
2 daqiqa o‘qiladi

Navro‘z bayrami va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

Shuningdek, tez tibbiy yordam brigadalari aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Prezident farmoniga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun (18-22 mart), olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 4 kun (19-22 mart) ketma-ket dam olishi belgilangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, shu davrda davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

  • 1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika;
  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti;
  • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti;
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
  • tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Mavzuga oid