Fan-texnika | 12:33 / 31.10.2023
47060
4 daqiqa o‘qiladi

Javoblar evolyutsiyasi, iqtibos va sozlanadigan havolalar – Telegram’da navbatdagi yangilanishlar

Borgan sari ijtimoiylashayotgan messenjerda foydalanuvchilar endilikda xabarning faqat bir qismiga javob berishi, javoblarni boshqa chatlarga yuborishi, istalgan matnni iqtibos kabi formatlashi, shuningdek havolalarni turlicha ko‘rinishda sozlashi mumkin. 

Kuni-kecha Telegram jamoasi messenjerda navbatda yangilanishlarni taqdim qildi.

Javoblar – "reply" funksiyasida yangiliklar

2015 yildan yo‘lga qo‘yilgan uzun suhbatlarda oson harakatlanish imkonini bergan yangi format — xabarlarga javob berish yangi darajaga o‘tdi. Endi foydalanuvchilar xabarning istalgan qismiga faqat undan iqtibos olish orqali javob berishi mumkin. Suhbatdosh asl xabarga o‘tish uchun bunday iqtibosni bosganida yangi animatsiya tufayli u darhol ushbu xabarni ko‘radi.

Xabar qismidan iqtibos olish uchun xabarni bosish, kerakli matnni belgilab, “Iqtibos olish” bandini tanlash kerak.

Shuningdek, yangi o‘zgarishlar bilan endi javoblarni boshqa chatlarga ham yuborish mumkin. Masalan, agar kimgadir shaxsan javob berishni yoki muhokamani boshqa guruh yoki kanalga ko‘chirishni xohlasangiz. Iqtibos olingan matn bosilganida asl xabar u joylangan guruhda ochiladi. Faqat buning uchun bu javob yozilgan kanalda o‘sha foydalanuvchining ruxsati bo‘lishi kerak.

Boshqa chatda javob berish uchun kiritish maydoni yuqorisidagi javob berish panelini bosing, “Boshqa chatda javob berish” bandini belgilang, keyin qayerga yubormoqchiligingizni tanlang.

Iqtiboslarni formatlash

Foydalanuvchilar boshqalardan bevosita iqtibos olishdan tashqari, istalgan matnga, jumladan, bitta javobdagi bir nechta iqtibosga iqtibos formatlashini qo‘shishingiz mumkin.

Havolalar sozlamalari

Telegramga 2015 yilda qo‘shilgan havolaga razm solish imkoniyati ham ancha jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Endi foydalanuvchilar istalgan xabardagi havolalar ko‘rinishini sozlashi mumkin.

Ya’ni, media o‘lchamini o‘zgartirish, uni xabar ostida yoki yuqorisida chiqishini tanlash va agar bir nechta havola bo‘lsa, qaysi havolaga razm solishni tanlash mumkin. Shuningdek, razm solish sohasining istalgan qismini bosish orqali havolani oson ochish mumkin.

Yuqoridagi yangi funksiyalardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun ularga kontekst menyusi qo‘shilgan. Ushbu menyu xabarlarga javob berayotganda, ularni uzatayotganda, havolalar qo‘shayotganda yoki bularning hammasini bir vaqtda bajarayotganda chiqadi.

Premium foydalanuvchilar hisobi uchun rang yoki ranglar kombinatsiyasini tanlash orqali har qachongidan ham ko‘proq moslashtirishi mumkin. Bunda ism rangi barcha guruhlarda, u yuboradigan havolalarda, shuningdek, xabarlar javoblarida o‘zgaradi.

Ma’lum qilinishicha, bu sozlamalardan obunachilardan yetarli ovozlar yig‘ib, kamida 5-darajaga yetgan kanallar ham foydalana oladi.

Hikoyalarning yangi imkoniyatlari

Hikoyalarda endi videolarni oldinga va orqaga tez o‘tkazish imkoniyati mavjud, buning uchun ekranni bosib turib, o‘ngga yoki chapga surish kerak. Yaxshiroq, yorqinroq selfilar olish maqsadida iliqlik va intensivlik uchun moslashuvchan sozlamalar ham ochilgan.

Telegram asoschisi Pavel Durovning aytishicha, messenjerda Premium foydalanuvchilar soni allaqachon 3,5 millionga yetgan.

Mavzuga oid