O‘zbekiston | 20:25 / 13.10.2021
925
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda ikkita xonadonning chorva molini o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: dvitex.ru

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida ikkita xonadonning chorva molini o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 28 sentabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani Jarqishloq mahallasida yashovchi Sh. Boboxonov tuman IIBga yashash xonadonidan bir bosh buzog‘ini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada mazkur o‘g‘rilikni Denov tumanida yashovchi S.T. va A.A. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, olib borilgan tergov surushtiruv harakatlari davomida tumaning Yangiyer mahallasida yashovchi fuqaro G.Absoatovning yashash uyi molxonasida bahosi 3 million so‘m bo‘lgan buzog‘ini ham S.T. va A.A. o‘g‘irlab ketgani ma'lum bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, Qumqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan S.T. va A.A.ga jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid