Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida Damas maşinasidan 24 million sömni öğirlagan şaxslarga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 16 sentabr kuni Şörçi tumani Kakan mahallasida yaşovçi, B.Botir tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 15 sentabr kuni soat 20:00 larda, yaşaş uyi oldida turgan Damas maşinasi içidan 24 million söm pulini noma'lum şaxslar öğirlab ketganini bildirgan.
Içki işlar organlari xodimlari tomonidan körilgan çoralar natijasida uşbu öğirlikni Denov tumanida yaşovçilar: Ş.Şerzod, D.Davron va K.Komil sodir etgani aniqlanib uşlangan. Ulardan aşyoviy dalil olingan.
Qayd etilişiça, 21 sentabr kuni Ş.Şerzod, D.Davron va K.Komilga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Surxondaryoda haydovçining pulini öğirlagan yölovçiga jinoiy iş qözğatildi
Surxondaryoda odamlarning pullarini özlaştirgan «maşinafuruş»ga jinoiy iş qözğatildi

















