Business class | 19:46 / 25.08.2021
399547
5 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlar ruhiy salomatligingizga qanday ta'sir o‘tkazadi: ekspertlar fikri 

Foto: Unsplash

Kris Barri, Vashington shtati universiteti professori, uning tadqiqotlari o‘smirlarning his-tuyg‘ulari, yoshlar hamda o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqdagi xulqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar yordamida sabab va oqibatni aniqlash mushkul. Ehtimol, u ruhiy salomatlikka qandaydir ta'sir o‘tkazar, lekin o‘zini ezilgan va yolg‘iz his qilayotgan ayrim odamlar bu yerda o‘zi uchun qandaydir yangilik ocholmaydi. Lekin bunda ikki jihat bor: birinchidan, ijtimoiy tarmoqlar uyquga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Odamlar yarim tungacha lentasini aylantirib yoki tunda ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishlari, tun yarmida bildirishnomalar olishi mumkin.

Ikkinchi salbiy ta'sir — ijtimoiy tarmoqlar negativ ijtimoiy taqqoslashlarni faollashtirish darajasidir: siz o‘zgalar nimalar yozayotganini ko‘rasiz va o‘zingizni ulardan yomonroq yashayotganingizni his qilasiz. O‘smirlar bilan o‘tkazgan tadqiqotlarimizdan ayrimlari ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etish, masalan, undan bot-bot foydalanish, ayniqsa nimanidir o‘tkazib yuborishdan qo‘rqadigan o‘smirlar uchun bezovtalik va depressiya bilan bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. 

Midzuko Ito, Irvindagi Kaliforniya universiteti axborot kompyuter fanlari professori, u bolalar va yoshlarning ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalarga munosabatlari o‘zgarishini o‘rganadi.

Boshqa tomondan, yoshlarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlar va o‘yinlar — do‘stlar va yaqinlar bilan aloqalarni saqlab turish uchun dengizdagi qutqaruv balloni kabidir. Bu ayniqsa maktablar yopilgan pandemiya chog‘ida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarga umumiy qiziqish va xarakterga ega bo‘lgan boshqa insonlar bilan muloqot qilish usuli bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, ular qayerda ko‘proq bo‘lishi nuqtayi nazaridan, yoshlar ta'qib va nosog‘lom kutilmalarga duchor bo‘lishi mumkin. Ayrim tadqiqotlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning ba'zi bir ko‘rinishlari va ruhiy salomatlik muammolari o‘rtasida bog‘liqlik topishgan. Biroq yanada keng miqyosli va sinchkov tadqiqotlar bu bog‘liqliklar barcha yoshlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning barcha ko‘rinishlari o‘rtasida mavjudligini aniqlay olmagan.

Foto: Unsplash

Kit Hempton, Michigan shtati universiteti ommaviy axborot vositalari va axborot fanlari bo‘yicha professori, 20 yil davomida yangi media va hamjamiyatlarni o‘rgangan.

Ko‘pchilik o‘ylaganiga ters o‘laroq, fan ancha kuchsiz. Tadqiqotchilar ba'zan unchalik katta bo‘lmagan «statistik muhim» natijalar haqida xabar berib qolishadi, lekin bu ruhiy salomatlik muammolari bilan juz'iy bog‘lanish borligining aynan o‘zi emas. Ayrimlar universitet talabalari ustida tajriba o‘tkazib, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish muammolarini ochishgan. Boshqalari esa nimadandir qayg‘urayotgan insonning miyasida qon yig‘ilishini skanerlashdan foydalangan. Uchinchilari esa «Sizga ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni taqiqlashlaridan xavfsiraysizmi?» qabilida to‘g‘ridan to‘g‘ri savollar berib ko‘rishadi. Lekin bu yondashuvlarning hech biri bizga ijtimoiy tarmoqlar va ruhiy salomatlik bilan bog‘liq real tajribadan ko‘p ham so‘zlab bermaydi. Lekin ijtimoiy tarmoqlar chindan ham muloqotning boshqa shakllaridan farqlanadi, shu sababli tashvishlanish uchun asos mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlar do‘stlar va oila hayotidan katta darajadagi xabardorlikni ta'minlaydi. Bunday «hamma narsadan xabardorlikni anglash» ruhiy salomatlikka turli bog‘liqlarga ega. Tanishlar ishdan haydalgani va farzandlari kasalligi kabi muammolarga duch kelganidan xabardorlik insonlarda stressni kuchaytiradi. Kimdir jiddiy ruhiy salomatlik buzilishiga duchor bo‘lsa, depressiya va bezovtalik yuqumli bo‘lishi ham mumkin. Bu ayniqsa algoritmlar shu tipdagi kontentlarga jalb etilganlikni oshirish ustida ishlayotgan bo‘lsa yanada xatarli. Yaxshiyamki, bu boshqa, ijobiy tomonga ham ishlaydi.

Mavzuga oid