17:09 / 24.07.2018
16064

Tadbirkorlarning 5 foydali odati

Moliya va tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishish yo‘lida shaxsiy salomatlikka e'tibor qaratishni unutish juda oson. Biroq agar uzoq muddatli muvaffaqiyat egasiga aylanmoqchi bo‘lsangiz, o‘z jadvalingizda sog‘liq uchun vaqt ajratishingiz muhim sanaladi. Entrepreneur nashriyoti mashhur tadbirkorlarning 5 ta foydali odatlari haqida ma'lum qildi.Balki ular shaxsiy jadvalingizni tuzishga ishtiyoq bo‘lib xizmat qilar.

1. Jyek Dorsi har kuni 30 daqiqa meditatsiya qiladi

Foto: Getty Images

Twitter  va Square bosh direktori Jyek Dorsi, har kuni uyqudan keyin darhol 30 daqiqa meditatsiya qilishi haqida aytgan.Meditatsiya ruhiy va hissiy salomatlik uchun foydali. U aqlni tozalab, quvvat olishga yordam beradi. Shu yo‘l bilan ishga samaraliroq diqqat qaratishga erishasiz. Shuningdek meditatsiya zo‘riqish va xavotirni kamaytiradi.

2. Avram Miller uyquning muayyan jadvaliga amal qiladi

Foto: Flickr

Intelkompaniyasining biznes-rivojlanish bo‘yicha sobiq vitse-prezidenti Avram Miller sog‘lom uyqu juda muhimligini biladi.

«Ilgari uyqu – vaqtni behuda sarflash deb o‘ylardim. Hozir esa uyqu – to‘g‘ri ovqatlanish va sport bilan birgalikda sog‘liqning uch asosiy tarkibiy qismlaridan biri deb hisoblayman. Shuningdek, doimiy jadvalga amal qilish muhim. Men doim bir vaqtda ovqatlanaman, uyquga yotaman va uyg‘onaman”, - deydi u.

Sog‘lom uyquning mavjud emasligi samaradorlikni pasaytirib, immunitet darajasini tushirib yuboradi.

3. Set Godin har kuni bir stakan sog‘lom smuzi ichadi

Foto: OnBeing

Yozuvchi va bloger Set Godin har kuni tongda bir stakan smuzi ichishini aytgan.  U muzlatilgan banan, bodom suti, quritilgan olxo‘ri va grek yong‘og‘idan tayyorlanadi. Har kuni nonushtaga bir xil narsa iste'mol qilish shart emas, biroq buni odatga aylantirish juda muhim. To‘g‘ri nonushta sizga kun davomida to‘g‘ri fikrlash va qattiqroq ishlash uchun zarur bo‘lgan quvvatni beradi. To‘g‘ri ovqatlanish ham orttirish mumkin bo‘lgan odat, chunki u samaradorlik bilan bog‘liq.

4. Mark Kyuban har kuni sport bilan shug‘ullanadi

Foto: New York Post

Milliarder, SharkTank dasturi boshlovchisi va DallasMavericks egasi Mark Kyuban yaxshi formani saqlash muhimligini biladi. U ba'zida xizmat safarlari sabab sport bilan shug‘ullanmasligini tan oladi. Biroq har kuni kardiomashqlarga hech bo‘lmasa bir soat ajratishga juda harakat qilishini aytgan. Bizga mashqlardan sog‘liq uchun foyda olishga haftasiga 70-150 daqiqa kerak, shuning uchun davomiylik juda muhim.

5. Gretxen Rubin har kuni soat 6:00 da uyg‘onadi

Foto: Entrepreneur

Amerikalik yozuvchi va baxt haqidagi podkast boshlovchisi Gretxen Rubin har kuni tongda 6:00 da uyg‘onadi. Biroq bu emas, uning uyg‘onganidan keyin nima bilan shug‘ullanishi muhim.

“Men dam olish kunlari va hatto ta'tilda ham har kuni soat 6 da uyg‘onaman, chunki bu menga yoqadi. Oilam uxlab yotganida o‘zim uchun vaqt bo‘ladi. Bu paytda uy jimjit, yorug‘lik biroz xira, dunyo sokin”, – deya fikrlari bilan bo‘lishgan u o‘z blogida.

Ish va oila majburiyatlariga kirishishdan oldin o‘zingizga vaqt ajratish orqali yaxshi jismoniy va ruhiy formada qolishingiz mumkin. O‘zingizni hordiq chiqargandek his qilib, taqdir siz uchun tayyorlab qo‘ygan har qanday muammoni yengib o‘ta olasiz.

Foto: Pixabay

Shaxsiy odatingizni toping

Siz salomatlikning asosiy elementlarini bilasiz: ovqatlanish, sport, uyqu va ruhiy sog‘lik. Tajriba qiling va sizga qaysi sog‘lom odatlar yoqishini aniqlang. Agar samarali bo‘lishni istasangiz, ularga rioya eting.

Top