Ob-havo isişi bilan gormonal özgariş bölişi tabiiy hol. Bu, ayniqsa, iqlimi sovuq ölkalarda yaşovçilarga köproq bilinadi. Lekin Özbekistonda ham fevral oyining ikkinçi yarmi deyarli quyoşsiz ötgani va martning dastlabki haftasida harorat biroz kötarilganini (joriy haftada esa yana yoğingarçiliklar kuzatilmoqda) hisobga olsak, kayfiyat özgarişi özbekistonliklar uçun ham sezilgan bölişi mumkin.

Gap şundaki, köz tör pardamiz yoruğlikka birinçi reaksiya qiladi va uning miqdorini aniqlay oladi. Tör parda közning içki qatlami bölib, optik nerv orqali miya bilan boğlanadi.

Miyaga borgan xabardan söng gormonlarda özgariş böladi, uyqu ritmi va kayfiyat özgarişiga ta’sir qiluvçi melatonin gormoni miqdori me’yorlaşadi va kayfiyatimizda yaxşi tomonga özgariş sezamiz, qişki kunlarga qaraganda kamroq uxlaşga moyil bölamiz.

Hammasiga havo aybdormi?

Insoniyat doimiy ravişda atrof-muhit tomonidan turli ta’sirlarni boşdan ötkazadi. Jumladan, havo ham biz uçun ahamiyatli.

Insonning özini yaxşi kayfiyatda his qilişiga yordam beradigan gormonlar quyoş nuri ta’sirida köproq işlab çiqariladi. Şuning uçun ham quyoşli kunlar kayfiyatni kötaradi.

Lekin bulutli kunlarning köp bölişi melatonin ajralişiga ta’sir qiladi va xafa kayfiyat yuzaga kelişiga sabab bölişi mumkin. Albatta, yomğir, qorli havoning tinçlantiruvçi xususiyati bor, lekin ketma-ket bulutli havo xafalik kayfiyatini çaqirişi mumkin.

Lekin bu hammasi emas

Lekin ob-havosi sovuq, quyoşi kam davlatlarda odamlarda xafalik yuqori, quyoşli ölkalarda esa odamlar stressdan xoli degan xulosaga keliş uçun ob-havoning özi yetarli emas.

Sababi dunyoning top baxtli davlatlari röyxatida eng boşida Norvegiya, Şvetsiya, Kanada, Daniya va Finlandiya kabi davlatlar turadi. Ularning köpçiligi iqlimi sovuq ölkalar ekani hisobga olinsa, farovonlik va iliq havo örtasida boğliqlik borligiga töla işoniş qiyin.

Bir qaraganda sovuq va bulutli ob-havo bilan depressiya örtasidagi boğliqlik juda aniqday körinadi. Mavjud qaraşlardan biriga köra, havo bulut bölganda yomon kayfiyatga tuşib qoliş genetik faktorga ham boğliq bölişi mumkin. Masalan, kanadalik va islandiyaliklarda mavsumiy depressiyaga çaliniş ehtimoli pastroq. Yana ba’zilar vitamin Dga töyingan mahsulotlarni iste’mol qiliş ham mavsumiy yomon kayfiyatdan asraydi, degan fikrda.