Toshkentda bir kunda 100 kishida virus aniqlandi, Samarqandda yana aholi orasida yangi holatlar chiqa boshladi
5 iyul kuni O‘zbekistonda 312ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 10020 holat), 159 nafar bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi. Shu vaqtgacha 6584 bemorga javob berilgan, 34 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 3402 nafar bemor davolanmoqda.
Bugun 4 hududda - Toshkent shahri, Sirdaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.
Bugungi 312 holatdan 190tasi karantin muassasalarida, 121tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 1 kishiga ham virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Aholi orasida (+121)
Bugun 3 hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlangan. Aholi orasidagi yangi holatlarning eng ko‘p qismi Toshkent shahrida qayd etildi - 84 holat. Poytaxtda 4 iyun kunidan buyon uzluksiz ravishda aholi orasida koronavirus aniqlanib kelinmoqda.
Toshkent viloyatida aholi orasida yana 21 kishida virus aniqlangan. Viloyatda so‘nggi haftalarda uzluksiz ravishda aholi orasida yangi holatlar aniqlanmoqda, bu zanjir faqat 1 iyul kuni uzilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatida aholi orasida 16 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Karantin (+190)
Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 155 holat aniqlandi. Bu so‘nggi haftalarda eng quyi ko‘rsatkichdir.
Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida 16 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Poytaxtda kun davomida jami 100ta holat aniqlandi.
Toshkent viloyatida bemorlar bilan aloqasi tufayli karantinga olingan 16 kishida virus chiqdi.
Shuningdek, Samarqand viloyatida karantindagilar orasida 3 kishi virusdan zararlangani ma'lum bo‘lgan.
Haydovchilar (+1)
Sirdaryo viloyatida 1 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Tuzalganlar (+159)
Bugun Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 66 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 26 nafar va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 46 nafar, jami 159 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6584 nafarni tashkil etmoqda (65 foiz).
O‘lim (+3)
Bugun O‘zbekistonda pandemiya davrida ilk marta bir kunda 3 o‘lim holati qayd etildi.
Toshkentda 30 iyun kuni koronavirus aniqlangan 71 yoshli ayol olamdan o‘tdi, u 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.
30 iyun kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga o‘ta og‘ir holatda, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan 45 yoshli bemor 5 iyul kuni o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.
Shuningdek, 3 iyul kuni koronavirusga chalingani aniqlanib, 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, Yunusobod tumanida yashagan 49 yoshli ayol O‘zbekistonda koronavirusning 34-qurboniga aylandi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3402 nafar bemordan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 42 895 nafar, statsionar karantinda esa 25 021 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022