Markaz rahbariga köra, zamonaviy ta’lim metodlari böyiça darsliklarga şu zamonning turli sohalarida mehnat qilayotgan taniqli şaxslar kiritilişi ta’lim ta’sirçanligini oşirişda muhim hisoblanadi.

“Bu – yangi metod. Siz ta’lim tizimi rivojlangan dunyo davlatlaridagi darsliklarni körsangiz, ayni şu uslubdan foydalanilayotganini körasiz.

Biz ham ta’limni hozirgi zamon bilan boğlaş va ta’sirçanligini oşiriş uçun darsliklarimizga bugungi islohotlarda faol olimlar, sportçilar, san’atkorlar, hunarmandlar, tadbirkor yoki boşqa soha vakillarini kiritib boryapmiz.  Bu yoşlarga şu soha vakillarini namuna qilib körsatiş, öquvçilarga kelgusidagi maqsadlarini aniqlab oliş, kasb tanlaş va motivatsiya uçun ham muhim.

Masalan, darslikda xayriya işlariga köp mablağ ajratadigan yoki kasal bolalarga yordam beradigan maşhur kişi namuna qilinsa, bu orqali öquvçilarga yaxşilik mavzusi oçib berilişi mumkin. Biz şu maqsadda tarbiya darsligida taniqli tadbirkor Alişer Usmonov faoliyati haqida ham ma’lumot kiritganmiz.

Yoki Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub «Ibratli hayot yöllari», «Umrini ilmga bağişlagan zot» «Kitobga oşnolikning mukofoti» kabi mavzularda jamlangan ma’lumotlar şu kitobda aks ettirildi.

Bu darslikni körganlar unda turli sohada mehnat qilayotgan yana önlab taniqli şaxslarni ham körişi mumkin. Masalan, grafik dizayner Jamşid Xoliqulov, tadbirkor Akmal Fayziyev, futbol hakami Ravşan Ermatov, olima Aziza Şonazarova, tadbirkor Botir Orifjonov, navoiyşunos olima Suyuma Ğaniva, öquv markazi asosçisi Jahongir Pölatov, iqtisodçi Raufxon Salaxöjayev, içki işlar xodimi, xizmat vaqtida jon bergan marhum Azizxon Tursunov, fermer Lola Murodova, şaxmatçilar Javohir Sindorov,  Nodirbek Abdusattorov yoki Braziliya va Tokioda ötgan olimpiada öyinlari ğoliblari. Xöş, buning nimasi yomon? Ular bugungi yoşlarga namuna ekani aniq-ku. Qaçongaça yoşlarga namuna qilib körsatişda faqat bir neça ön asr avval yaşagan ota bobolarimizni körsatamiz? Bugungi zamonamiz qahramonlari haqida qaçon gapiramiz?