Aloqabank va Nest One loyihasi rahbari Murod Nazarov 22 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgan xabarni rad etdi.
Internetdagi miş-mişda Toşkent sitidagi Nest One majmuasidan turar va noturar joylarni sotib olgan xaridorlar öz mulklarini tasarruf eta olmayotgani, bunga göyoki inşoot qurilişini moliyalaştirgan Aloqabankka kredit şartnomasiga muvofiq pullar tölanmay kelinayotgani, bank sudga murojaat qilgani iddao qilingan.
Nest One qurilişida Aloqabank iştirok etmagan
Aloqabank axborot xizmatining ma’lum qilişiça, bank tomonidan bu bino qurilişi uçun heç kimga kredit mablağlari berilmagan.
“Nest One binosining qurilişiga Aloqabankning heç qanday aloqasi yöq. Şunday ekan, bank tomonidan bu bino uçun heç kimga kredit mablağlari berilmagan va öz navbatida biror tadbirkorga nisbatan sudga murojaat qilinmagan. Xabarda keltirilgan Aloqabank bilan boğliq barça gaplar yolğon”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
“Nest One bilan boğliq birorta kreditimiz yöq”
Tadbirkor Murod Nazarovning Kun.uz'ga izoh berişiça, Nest One qurilişi bilan boğliq qarzdorlik yöq va binoning kadastri ham çiqib bölgan.
“Bu yolğon xabar. Men ham xayron böldim, bizda kreditlar yöq edi-ku, deb. Binoning kadastrlari 100 foiz çiqqan, 554 ta xaridorga bu rasmiylaştirib ham berildi. Qolgan mijozlar bilan işlar olib borilyapti. Nafaqat Nest One, balki Murod Buildings, NRĞda ham birorta kredit yöq. Bu feyk xabarlarni tarqatganlar qonun oldida javob berişadi”, – deydi tadbirkor.

















