Yoshlar kuni Toshkent avtobuslarida yoshlardan yo‘lkira olinyapti. «Toshshahartransxizmat» rasmiy munosabat bildirdi
Yoshlar kuni munosabati bilan 14-30 yoshli fuqarolarga poytaxt avtobuslarida harakatlanish bir kunga bepul bo‘lishi aytilgandi. Ammo avtobuslarda bu toifa yo‘lovchilardan ham pul olinayotgani ma’lum bo‘ldi.
2023 yil 30 iyun kuni 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchilar Toshkentda avtobuslardan (jamoat transportidagi) bepul foydalanishi ma’lum qilingandi. Ammo avtobuslarda yo‘lovchi yoshlardan ham yo‘l haqi talab qilayotgani haqidagi noroziliklar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda ayrim avtobus chiptachilari haqiqatan ham yoshidan qat’i nazar yo‘lkira so‘rayotgani aniqlangan.
«Shu o‘rinda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yo‘lovchilardan o‘z haq-huquqlarini talab qilishlarini va poytaxt avtobus yo‘nalishlarida yo‘l haqi uchun to‘lov qilmasliklarini so‘rab qolamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun «Toshshahartransxizmat» AJ poytaxt aholisi va mehmonlaridan uzr so‘raydi!»— deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining shu yil 1 iyundagi 103-sonli bayoniga muvofiq, Yoshlar kuni munosabati bilan 2023 yil 30 iyun kuni 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar Toshkentda avtobuslardan bepul foydalanishi mumkin.
Mavzuga oid
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 13.11.2024
Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi
23:06 / 11.11.2024