Toşkentda umumiy uzunligi 18 km bölgan 7 ta köçada avtobus yölaklari joriy etiladi. 

«Toşşahartransxizmat» AJ xabariga köra, hozirda 53 km uzunlikdagi avtobus yölaklari mavjud.

Yangi yölaklar taşkil etilişi natijasida körsatilayotgan xizmatlar sifati yaxşilanadi, yölovçilar vaqti tejaladi hamda jamoat transporti jozibadorligi oşiriladi.

Avtobuslar uçun ajratilgan alohida yölaklar joriy etilişi natijasida mazkur köça böylab harakatlanuvçi avtobuslarning tasarruf tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatgaça kötarilib, 29 foizga yaxşilandi.

Uşbu yölaklar orqali harakatlanayotgan avtobuslar xizmatidan kunlik foydalanuvçi 600 mingdan ortiq yölovçilarning har kuni 100 ming soat vaqti tejalişiga erişilmoqda.