17:46 / 15.08.2019
82695

Hajda rekord darajada ko‘p bola tug‘ildi

Foto: islam-today.ru

Bu yilgi Haj mavsumi davomida 8 nafar bola dunyoga keldi, deb yozadi «Islam i Semya». 

Ulardan 5 nafari Makka shahri tug‘ruqxonalarida, 2 nafari Arafot vodiysida, yana 1 nafari Mino vodiysida tug‘ildi.

Liviyalik muslima Suad Muhammad Barbush Arafot vodiysida tug‘ilgan o‘g‘liga Arafot deb ism qo‘ygan.

Gvineyadan kelgan Maymuna Ali eri bilan Jabalur-Rohma tog‘iga ko‘tarilganida ko‘zi yorigan. Ular farzandiga saudiyalik toj vorisi sharafiga Muhammad Salmon deb ism qo‘yishdi.

Hindistonlik oila esa o‘z qiziga Madina deb ism qo‘yishdi.

Foto: islam-today.ru

Arab News xabariga ko‘ra, bu yil 2,5 millionga yaqin musulmonlar Haj amalini ado qilishgan. 8 nafar bolaning tug‘ilishi esa rekord ko‘rsatkichdir.

Top