Saudiya Arabistoni rasmiylari xorij fuqarolari va rezidentlarini 2024 yilgi Hajda noqonuniy iştirok etganlik uçun jazolanişi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqdagi Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi bayonotini Gulf News keltirdi.
Bayonotga köra, ziyorat qiliş uçun ruxsatnomasi bölmagan mahalliy fuqarolar 50 ming riyol (≈166 mln söm) jarimaga tortiladi. Şuningdek, ruxsatnomaga ega bölmasdan ziyoratçilarni transportda taşiş bilan şuğullanganlarni ham şunday jazo kutadi.
Şu bilan birga, ziyorat qiliş uçun ruxsatnomasi bölmagan xorijliklar 6 oyga qamoqqa olinadi, keyinçalik esa deportatsiya qilinadi va 10 yilga mamlakatga kirişi taqiqlanadi.
2024 yilga Haj mavsumi 14-19 iyun kunlari bölib ötişi kutilmoqda.
2023 yilgi Haj mavsumida Saudiya Arabistonida 17 mingdan ortiq noqonuniy ziyoratçi qölga olingan edi.
Xavfsizlik qömitasi rahbari general-leytenant Muhammad al-Bassamiy sözlariga köra, ulardan 9,5 ming kişi yaşaş, mehnat va çegara xavfsizligi qoidalarini buzgan. Şu bilan birga, qirollikning turli hududlarida 105 ta soxta Haj safari taşkilotçilari aniqlangan.
Al-Bassamiyning qöşimça qilişiça, Haj ruxsatnomasi bölmagan 202 mingdan ziyod kişi Makkaga kiriş joylaridan qaytarib yuborilgan. 129 mingga yaqin avtomobil ruxsatnomasi yöqligi tufayli Makka va muqaddas qadamjolarga kiritilmagan.









