O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish 51 foizga oshdi
2019 yilning birinchi ikki oyida avtomobillar ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51 foizga oshdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Agar 2018 yil yanvar-fevral oyida 25,5 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 38,6 mingdan oshdi. Yuk mashinalari ishlab chiqarish 2,6 barobarga ko‘paygan (296 donadan 782 donagacha), avtobuslar esa - 2,1 marta (94 donadan 194 donagacha).
Shu bilan birga, deyarli barcha avtomobillar mamlakat ichida qolmoqda, sababi O‘zbekiston eksportni keskin qisqartirdi. Misol uchun, yanvar oyida chet elga 200 ming dollarlik avtomobillar sotildi. Bu 2018 yil yanvariga nisbatan 98%ga kam.
Asosiy sabab - avtomobil sanoatining yangi siyosati, u tashqi bozorda tannarxidan arzon narxda avtomobillar sotishdan voz kechdi.
Bundan oldin, Rossiya bozorida Ravon avtomobillari 9 oydan beri yo‘q ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024