Yevropa biznesi uyuşmasining ma'lumotlariga köra, Ravon Rossiyada töqqiz oydan beri avtomobillar sotmayapti.
2019 yilning fevralida kompaniya bitta ham avtomobil sotmagan, sababi ular hali ham savdoda yöq. Kompaniyaning bozordagi uluşi 0 foizga tuşib ketdi. 2018 yil fevralida esa bu körsatkiç 1,1 foizni taşkil etgandi.
Bunday pasayiş şu bilan izohlanadiki, Ravon Rossiyada avtomobillarni sönggi bor 2018 yilning may oyida sotgan. Öşanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan yöqolib qoldi. Taqqoslaş uçun: 2018 yilning fevral oyida Ravon 1,5 mingga yaqin avtomobil sotdi.
Özbekiston 2018 yil örtalarida avtomobil eksportini töxtatdi. Yil oxiriga kelib, «Özavtosanoat» xorijiy bozorlar kon'yunkturasini örganiş maqsadida avtomobillar partiyasi jönatilganini xabar berdi, ammo ular hali sotuvga çiqarilmagan.
Bundan oldin, Ravon’ning Rossiya bozoridagi uluşi 0 foizga tuşib ketgani xabar berilgandi.








